Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov Zuhro mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon" tamoyili asosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonovga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A.Umarqulov, kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.
Oʻrganishda hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l belgilari o‘rnatilishi, yo‘l chiziqlarini chizish, piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda ko‘chalarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ–900-son "Yo‘l harakati to‘g‘risida"gi Qonuni talablari asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash hamda harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz sharoit yaratish maqsadlariga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.