Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
🏛 Yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-son qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi "Adolat" SDP deputati D.Shadanova, "Adolat" SDP Shovot tumani Kengashi raisi M.Abdiyazova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda deputatlik okrugidagi Eshonqal’a mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi X.Matyaqubova faoliyatini o‘rgandi.
📌 O‘rganish davomida mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning 6 oyi davomida mahalladagi 14 nafar yoshga jami 214 million 500 ming so‘m miqdorida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan.
💼 Jumladan:
🔹 PQ–60 qarori asosida 1 nafar yoshga 92 million so‘m miqdorida kredit ajratilib, nonvoyxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoit yaratildi.
🔹 PQ–61 qarori asosida 1 nafar yoshga 20 million so‘m miqdorida kredit ajratilib, avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi tashkil etilishiga ko‘maklashildi.
🔹 PQ–62 qarori asosida 1 nafar yoshga 97 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, "Damas" rusumli avtomobil xarid qilinishi hamda yo‘lovchi tashish faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.
🤝 Tashrif davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning muammolarini tizimli o‘rganish va hal etish, shuningdek, qabul qilingan qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2