Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Mahallada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 5-Cheksaroy saylov okrugi deputati S.Egamnazarova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulov tomonidan Cheksaroy mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektori va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida Cheksaroy mahalla fuqarolar yig‘inida birorta ham jinoyat va huquqbuzarlik holati qayd etilmagani ijobiy natija sifatida e’tirof etildi.

Yakunda hududda jinoyatchilikning barqaror oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash hamda “mahalla yettiligi” hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6