Oʻrganish davomida mahalladagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini taʼminlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni aniqlash va hal etish borasidagi amaliy faoliyat koʻrib chiqildi.
Shuningdek, yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish, ularning tashabbus va takliflarini qoʻllab-quvvatlash hamda kelgusidagi vazifalarni belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan tizimli va samarali ishlash — jamiyat taraqqiyoti hamda kelajak poydevorini mustahkamlashning muhim omilidir.