Maktab yangi qiyofada: deputat tashabbusi amalda!
Tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tashabbusi bilan hududdagi 82-85 sonli umumta'lim maktablari to‘liq qayta rekonstruksiya qilindi.
Rekonstruksiya natijasida maktab qiyofasi butunlay zamonaviylashib, darsxonalar issiq va yorug‘ holatga keltirildi hamda o‘quvchilar uchun barcha sharoit va zamonaviy jihozlar yaratildi.
Bu o‘zgarish mahalla yoshlarining sifatli ta'lim olishiga xizmat qiladi. Kelajak egalariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor barchani quvontirmoqda.
Fidoyi deputatimizga va barcha hissa qo‘shganlarga minnatdorchilik bildiramiz!