Deputat aholi muammolarini o‘rgandi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-G‘oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova o‘z saylov okrugidagi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolar bilan yaqindan muloqot qildi.
O‘rganishlar davomida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati, aholi bandligi, oilalarning ijtimoiy ahvoli hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo va takliflar atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan masalalarning bir qismi joyida hal etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Yechimi qo‘shimcha choralarni talab etadigan muammolar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborish rejalashtirildi.