Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 08 – 13-iyun kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tarzda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida;

tumanda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

tumanda mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida.

Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan mas’ullarning tegishli hisobotlari tinglandi.

So‘ngra doimiy komissiya a’zolari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ushbu masalalar yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda har bir masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 10