Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

#qurilish_shaharsozlik_infratuzilma #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Sergeli tumanida ma’muriy va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mas’ullari tomonidan Sergeli tumanida olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.

📍 O‘rganishlar davomida deputatlar Sergeli tumani hokimligi binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

🏢 Qayd etilishicha, mazkur obyektni zamonaviy ma’muriy markazga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bunda nafaqat binoning tashqi va ichki qismi yangilanmoqda, balki fuqarolarga yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan zamonaviy yechimlar ham joriy etilmoqda.

🌳 Xususan, hokimlik hududida yangi favvora va bolalar maydonchasi barpo etilmoqda. Shuningdek, murojaatchilar uchun qulay kutish va qabul zonalari tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyati uchun alohida zamonaviy maydonlar ajratilgan. Bu esa davlat organlari faoliyatining ochiqligi va fuqarolar bilan muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔎 Shundan so‘ng deputatlar Sergeli tumanining “O‘zgarish” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

💡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishga doir qarori ijrosi doirasida mahalla hududida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

🏠 Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofaga keltirilgan, hududda asfaltlashtirish ishlari bajarilgan hamda kirish qismiga yangi arka o‘rnatilgan.

🌿 Mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zamonaviy bolalar maydonchalari, vorkaut zonalari, amfiteatr va favvora barpo etilib foydalanishga topshirilgan. Hududdagi ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari ta’mirlanib, zamonaviy me’moriy ko‘rinish shakllantirilgan.

🔺 Shuningdek, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi kanal qirg‘oqlari mustahkamlanib, betonlashtirilgan hamda atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Natijada hududning sanitariya-ekologik holati yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratilgan.

💬 O‘rganishlar yakunida deputatlar tomonidan qurilish va rekonstruksiya ishlari sifati, yaratilayotgan infratuzilmaning amaldagi holati, shaharsozlik talablari va belgilangan loyihalarning ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillarining axborotlari tinglandi hamda tegishli tavsiyalar bildirildi.

✅ Ta’kidlanganidek, Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish hamda shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10