Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Bitiruvchi – 2026” tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!
янв.21
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
“Quyosh” mahallasi hududidagi 569-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari uchun ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
📌DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Ma’lumki, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini o‘rganish hamda yosh avlod vakillarini har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlar davomida Urganch shahar, “Kamolot” mahallasi fuqarolari va shu hududda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar tomonidan o‘rinli e’tirozlar va murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilishicha, mahalla binosining ro‘parasidagi yo‘lning qatnov qismiga jamoat transporti (avtobus) to‘xtashi uchun maxsus yo‘l belgisi o‘rnatilgan. Biroq, transport vositalari qatnovi zichligi va yo‘lning o‘tkazuvchanlik imkoniyati hisobga olinmaganligi sababli, mazkur yo‘l belgisi bu yerda ishlovchi va istiqomat qiluvchi fuqarolarning harakatlanishiga jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Hozirda mazkur masala bo‘yicha Urganch shahar IIB yo‘l harakati xafvsizligi bo‘limi boshligi A.Satimovga 119-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.