Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Istiqlol MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida

Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida aholi muammolarini hal etish, kambag’allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi  Sh.Tog’ayev, 21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov tomonidan atroflicha ko’rib chiqildi.

O’rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlariga tezkor va sifatli yechim topish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan

tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

Mazkur o’rganishlar aholi farovonligini ta’minlash, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1