Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Hududdagi tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.

 Hududdagi tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo'ziyeva Shoira hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mahalla raisi Doniyorov Begzod tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati, aholi bandligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish sexi ko‘zdan kechirilib, undagi zamonaviy uskunalarning texnik holati, ishlab chiqarish jarayoni hamda mehnat sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Deputat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi mavjud imkoniyat hamda ehtiyojlar tahlil qilinib, sohaga oid muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Deputat tomonidan hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish va aholi bandligini mustahkamlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1