O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 4-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat I.Raximov tomonidan Do‘stlik mahallasidagi “Nuroniylar maskani”da fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan muammolar, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, nuroniylar va mahalla faollari tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qator taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.