Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 4-maydagi VII-29-91-7-0-K/26-sonli qaroriga asosan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etildi
Mazkur muhim qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Payariq tumani Davlat xizmatlari markazida tantanali tadbir tashkil etildi Tadbirda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Adliya bo‘limi boshlig‘i I. Abdurahmonov va Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirok etdilar
Tadbir davomida fuqarolarga mulk huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tantanali ravishda topshirildi. Ishtirokchilar mazkur qarorning ahamiyati, fuqarolar hayotidagi o‘rni hamda kelgusidagi ijobiy natijalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)