Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi doirasida tashkil etildi.
🔅Tahlilda "mahalla yettiligi"ning, xususan xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning ijtimoiy himoya va aholi bilan ishlash borasidagi natijadorligiga e’tibor qaratildi.
⏺I chorak natijalari so‘zda va raqamlarda:
▶️Xotin-qizlar faoli ishlari:
jtimoiy himoya: Muhtoj va ko‘makka muhtoj 118 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari"ga kiritilib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
✔️ Bandlik: 6 nafar ayollarning bandligi ta’minlandi.
✔️ Oila barqarorligi: Nizoli vaziyatdagi 2 ta oila mahalla faollari ko‘magida yarashtirildi.
Huquqiy himoya: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 3 nafar ayolga "Himoya orderi" rasmiylashtirildi.
▶️Ijtimoiy xodim faoliyati:
✔️ Reyestr: Ijtimoiy himoyaga muhtoj 52 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritildi.
✔️ Moddiy yordam: 47 nafar fuqaroga bola puli, 21 ta keys (ijtimoiy holatlar) bo‘yicha yordam ko‘rsatildi.
✔️ Ta’limga yo‘naltirish: 1 nafar bola maktabga o‘qishga yo‘naltirildi.
💬Deputat M.Sidiqova mahalla faollarining I chorakdagi samarali faoliyatini ta’kidlab, kelgusida ham aholi muammolarini hal etishda faol bo‘lish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordamning sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdilar.