🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tuman Tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi.
🔷O‘rganish jarayonida Tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan suhbatlashib, mavjud muammolar, aholi murojaatlari bilan ishlash, bemorlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar olindi.
🔷Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.