Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar tomonidan Olmazor tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limining masalasi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan 181-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Abubakr Shoshiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi
янв.21
"Mustaxkam oila - jamiyat poydevori" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA.

Bugungi kunda deputatlarning mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borayotgan faoliyati hududlardagi muammolarni aniqlash hamda ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ana shunday hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Tashrif davomida deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish borasida mahalla bankirining olib borayotgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda aholi bandligini oshirish va turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4