Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich va Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Masharipov hamda partiya tuman apparati rahbari A.Aytmuratovlar tomonidan hududdagi investitsiyalarning bugungi kundagi holati o‘rganilmoqda.
📍 Navbatdagi manzil: “JAYXUN ENERGO” MChJ
🏗 Mazkur korxona tomonidan “Omborxona sovutgich va shlakoblok ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
📊 O‘rganish jarayonida:
▪️ Qurilish ishlari boshlanganligi
▪️ Omborxona sovutgichi bitkazilgani
▪️ Qurilish ishlari davom etayotgani atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💬 Shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha:
▪️ Tegishli bitimlar tuzish
▪️ Direksiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
▪️ Shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.