DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashida Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔎 Kun tartibidagi masalalar:
🔹 2026-yil vegetatsiya davrida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini belgilash masalasi muhokama qilinib, sessiyada ko‘rib chiqilishi belgilandi.
🔹 2026-yil 1-chorak davomida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash holati yuzasidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ tuman filiali rahbarining hisoboti eshitilib, sessiyada ko‘rib chiqilishi belgilandi.
🔹 Tuman o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot tinglanib, mazkur masala ham sessiyada ko‘rib chiqilishi belgilandi.
✅Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, sessiyaga kiritilishi belgilandi.