Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor tumanidagi “Shodiyona” mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "Gulsaroy" MFY yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
“Haftalik ish reja doirasida deputatlar mahallada”
янв.21
Hududdagi muammolar joyida hal etilmoqda: sayyor qabul amaliy natija bermoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi, oilaviy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-APREL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-APREL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

➡️Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

🔼 2026-yilning I choragi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish 

(Mas’ul: korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi)

🔼Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish

(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

🔼Tumandagi geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-davlat tili bo‘yicha maslahatchisi R.Najmiddinovning axborotini eshitish

(Mas’ul: korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi)

🔼Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holatini muhokama qilish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

🔼Payariq tumanida Meliorativ obyektlarda 2027-yilda Davlat dasturi bo‘yicha taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorlarni ta’mirlash-tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash 

(Mas’ul: Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

🔼O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yichaqo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosini muhokama qilish

(Mas’ul: Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

➡️TASHKILIY MASALALAR

✔️Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko'rish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

✔️Deputatlik faoliyatining eng muhim yigirma to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

✔️Deputatlarga taqsimlangan qonunlarning joylardagi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

✔️Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1