🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Surayyo Axmedova hamda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug‘bekovalar tomonidan Chinoz tumani IIB XQMB katta inspektori, katta leytenant N.Azimovaning tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida hududda, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, uning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati tahlil qilindi.
✅Shuningdek jinoyatlarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.