Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!

KORRUPSIYA — RIVOJLANIShGA TO‘SIQ!

Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish shunchaki tadbir emas, balki kundalik vazifaga aylanmoqda. Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida Uzun tumani prokurori B.Boymurov va tuman IIB boshlig‘i O‘.Mustafaqulovlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishning asosiy mavzulari:

Davlat idoralarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligi.

Aholi va tadbirkorlar orasida "korrupsiyasiz soha" loyihalarini tatbiq etish.

Deputatlar har bir hisobotni tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqib, tuman prokuraturasi va IIB tizimida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni yo‘qotish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirishdi. Xalq vakillari bu borada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Slide 1 of 1