Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📃 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Normuratova Inobat Qodirovna tomonidan Olmazor tumani Hazrati Imom mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
“Bitiruvchi – 2026” tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!
янв.21
Olmazor tuman Istiqbol mahallasida deputat tomonidan muammo va kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Yoshlar siyosati amalda: “Qorasaroy” mahallasida DXX kubogi final bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
Kengash raisi tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-oktyabrda qabul qilingan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘RQ-574-sonli Qonuni yuzasidan joylarda keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini taʼminlash, ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Deputat Z.Suyarova tomonidan aholi, ayniqsa yosh onalar o‘rtasida qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, ona sutining bola salomatligi uchun ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, ushbu Qonun go‘daklar o‘rtasida kasallanish va o‘lim holatlarini kamaytirish, ularni sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3