Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasidagi ishlar Olmazor tumanida davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari, Olmazor tumani hokimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va “MADAD” NNT vakilininig birgalikdagi qabuli”
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Men ham ko'chat ekaman" aksiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari: yettilik faoliyati va sport infratuzilmasi nazoratda
янв.21
“Gulzor” MFYda ochiq muloqot: muammolar tinglandi, choralar belgilandi
янв.21
Olmazor tumanida xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navruz umumxalq bayrami munosabati bilan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat Milliy Institutida tashkil etilgan Navro‘z saylida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari A.Ismailov, D.Raxmatullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar ishtirok etdilar. Bayram tadbiri davomida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Navro‘z bayramining ma’naviy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi roli alohida e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman 15-Bo'stonobod saylov okrug deputati U.Fayziyeva tumandagi Qichqiriq MFY hududida joylashgan futbol maydoniga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida mazkur sport inshootining texnik holati, mavjud infratuzilma, maydon qoplamasi, tungi yoritish chiroqlarini hamda xavfsizlik choralarining qay darajada yo‘lga qo‘yilgani atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 15-"Bostonobod" saylov okrug deputati U.B.Fayziyeva Olmazor tumani “Gʻani Azamov” MFY hududida joylashgan 185-sonli umumta’lim maktabiga tashrifni amalga oshirildi. Xususan, umumta’lim maktablarini isitish tizimini ko’zdan kechirib sport zallari holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda okrug deputati mavjud bo'lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi

  Muborak Ramazon hayiti va Navroʻzi olam umumxalq bayrami arafasida Buxoro shahrida buyuk alloma, tib ilmi zabardast namoyandasi Abu Ali ibn Sino nomi bilan atalgan ixtisoslashtirilgan maktabi ochilgani nafaqat taʼlim sohasidagi muhim qadam, balki maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda quvonchli voqeadir. Bu yangilik mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida xalq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, inson qadrini ulugʻlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish va yurtimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. 

Avvalgi “Mehribonlik uyi” oʻrnida qad rostlagan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filialini foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi. Viloyat rahbari yurtdoshlarimizni qoʻshaloq ayyom—muborak Ramazon hayiti va Navroʻz bayrami bilan samimiy qutlab, yosh avlod va ular ota-onalari, pedagogik jamoani yana bir koʻrkam ilm maskani ishga tushirilgani bilan muborakbod etdi.  

  Eʼtirof qilinganidek, bu taʼlim maskani nafaqat zamonaviy bilimlar oʻchogʻi, balki buyuk tabib va mutafakkir ajdodimiz Ibn Sinoning boy ilmiy merosini yosh avlod qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladi. Bunda tahsil olayotgan oʻquvchilar chuqur bilim egallab, ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshiradi hamda kelajakda yurtimizning munosib vakillari boʻlib yetishadilar. Maktabni barpo etish, jihozlashda munosib hissa qoʻshgan tashkilotchilar, quruvchi-muhandislar, ustoz va murabbiylarga samimiy minnatdorlik bildirildi.  

  Ramziy alvon lenta qirqilgach, tadbirda yigʻilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari viloyat mutasaddilari jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari bilan birgalikda taʼlim dargohida kelajagimiz egalari uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdilar.  

  Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Buxoro filiali barcha talablarga javob beradigan infratuzilmaga ega boʻlib, uni barpo etish uchun umumiy qiymati 13,5 milliard soʻm mablagʻ sarflangan. Zamonaviy andozada, uch qavatdan iborat maktab 360 nafar oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, 120 oʻrinli yotoqxonasiga ham ega. Dargohda 28 ta zamonaviy sinfxona, 3 ta fan laboratoriyasi, kutubxona, sport zali va boshqa zarur shart-sharoit yaratilgan. 

  Shuningdek, maktabda “Language Stars”, “Aniq hisob akademiyasi”, “Ijod va ilhom maktabi”, “Reaksiya va natija”, “Ilm va tabiat” kabi toʻgaraklar faoliyat yuritib, oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Quvonarlisi, endigina faoliyat boshlaganiga qaramasdan, taʼlim dargohi oʻz yosh isteʼdod sohiblariga ega. Hozirda ushbu taʼlim muassasasida 66 nafar oʻquvchi tabiiy fanlar yoʻnalishida tahsil olmoqda. Qisqa vaqt ichida ularning erishgan yutuqlari alohida eʼtiborga loyiq.  

  Jumladan, STEM fanlari olimpiadasida 8-sinf oʻquvchisi Asila Nusratova va 7-sinf oʻquvchisi Farid Murotov 2-oʻrinni, Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida esa Farid Murotov 2-oʻrinni, 7-sinf oʻquvchisi Laziza Yunusova 3-oʻrinni egallagani maktabda yoʻlga qoʻyilgan taʼlim sifati va oʻqituvchilarning yuqori salohiyatidan dalolatdir.  

  Navqiron avlod ertasi va taʼlim-tarbiyasiga katta ishonch bildirgan viloyat rahbari va jamoatchilik vakillari ezgu niyatlar bilan maktab hovlisiga daraxt koʻchatlarini oʻtqazdilar.  

Slide 1 of 6