Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv va yoshlar bilan kutubxonada muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsizlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tumanimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Usmonov tashabbusi va tuman korxona hamda tashkilotlar ko‘magida o‘zi saylangan okrugida umumxalq hashari tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati
янв.21
"Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori ostida hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi
O'rganish

Joriy yilning 14-mart kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati I.Raximov “Do‘stlik” MFYda bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.

Ayni paytda mahallada 119 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. 2026-yil davomida ular uchun bir qator ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan:

🔹 2 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan;

🔹 4 nafar fuqaro kambag‘allik reyestriga kiritilgan;

🔹 2 nafar fuqaroga protez va korset apparatlari berilgan;

🔹 2 nafar fuqaroga qo‘ltiq-tayoq taqdim etilgan;

🔹 8 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilgan;

🔹 2 nafar fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan yordam ajratilgan;

🔹 4 nafar fuqaroga sanatoriy yo‘llanmalari berilgan.

Shuningdek, deputat fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.

Slide 1 of 1