Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar tomonidan Olmazor tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limining masalasi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan 181-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Abubakr Shoshiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unga ko'ra Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha va Agrar, qurilish, kommunal sohalar ekologiya, sanoat va transport boʻyicha hamda Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishlari bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda:

- Jizzax viloyati prokuraturasining 2026-yil 3-martdagi “Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib, ma’muriy javobgarlikga tortishga rozilik olish haqida”gi 11.1/03-26-sonli taqdimnomasi to‘g‘risida.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

- Paxtakor tumanida 2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

- Paxtakor tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini qayta ko’rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.

- Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati hamda tizimni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

- Tuman hokimligida tashkil etilgan “Islohotlar shtabi”ni jihozlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Tuman hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda tashkil qilingan shtabni jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Tuman hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta jom’e masjidlarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida yuzni tanib oluvchi dasturiy-texnik vositalar videokameralar o‘rnatish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Paxtakor tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, media-rejani belgilangan vaqtda bajarilishini ta’minlash hamda materiallarni jadval asosida efirga uzatish, davlat ahamiyatiga molik muhim voqealar, dasturlarni efirga uzatib borish maqsadida mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-25-58-3-0-K/26-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyati mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan tumanda renovatsiya asosida eski barak tipidagi uylarni buzish hamda ushbu uylarda yashovchi oilalarni ko‘chirish va uy-joy bilan ta’minlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Tuman hokimligi balansidagi xizmat uylari moddiy texnik bazasini mustahkamlash hamda jihozlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy xizmatlarni yanada kengroq qamrab olish va koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida ularga zamonaviy 6 ta kompyuter va 11 ta printer qurilmalari bilan ta’minlanish maqsadida mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

- Tumanda istiqomat qilayotgan nogironlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida tadbir dasturxoni tashkil qilish xarajatlari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Ushbu masalalar ko'rib doimiy komissiyalar yig'ilishida ko'rib chiqildi.

Slide 1 of 10