Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan “15-Bo‘stonobod” saylov okrugi deputati Umida Fayziyeva ishtirokida hududda jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot va tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — hududda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.
янв.21
Tibbiyot sohasida yangi bosqich!
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod - Uchinchi Renessans poydevori!”
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
#Doimiy_komissiya_faoliyati

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan Kadastr palatasining tumanda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan hisoboti muhokamasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Kadastr palatasi mutasaddilari tomonidan tumanda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarning huquqiy holatini o‘rganish, ularni qonuniylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Deputatlar tomonidan yer munosabatlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2