Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Olmazor tumanida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi a'zolari va faollari, Olmazor tuman hokimi, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va deputatlar, bo‘lim rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
янв.21
Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qomitasining a'zosi Ravshan Fozilov Abdulxayevich Olmazor tumaniga amaliy tashrif buyurdi.
янв.21
Yoshlar kuni doirasida hududdagi yoshlar obyektlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi Jumayev Nodir Xosiyatovich Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
Onkologik kasalliklar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida ta’lim rivoji - deputatlar e’tibor markazida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMАZOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tumanda jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tumanda jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning 2025-yil davomida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi. 

Yig‘ilish doirasida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi hamda Payariq tumani IIB JXX YHXB tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha K.Rashidovning hisoboti eshitildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2