Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar kuni doirasida hududdagi yoshlar obyektlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
янв.21
Onkologik kasalliklar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida ta’lim rivoji - deputatlar e’tibor markazida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMАZOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
8-Tabassum okrugida aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvi
янв.21
Xalq vakili xalq orasida
янв.21
"Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida aholi murojaatlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Xastimom" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Prezident Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari tumandagi "Qoraqamish" dehqon bozorida mahsulotlarning narxlari va sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Sapargul Utemuratova — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda Alisher Yuldashev — Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi ishtirokida Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Asosan bandlik, ijtimoiy yordam, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer va kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni tizimli ravishda hal etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3