Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Onkologik kasalliklar bo‘yicha holat o‘rganild
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMАZOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
8-Tabassum okrugida aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvi
янв.21
Xalq vakili xalq orasida
янв.21
"Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida aholi murojaatlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Xastimom" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Prezident Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari tumandagi "Qoraqamish" dehqon bozorida mahsulotlarning narxlari va sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tomonidan hududda umumxashar tadbiri o'tkazildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining intellektual tayanchi
янв.21
Olmazor tumanidagi 20-sonli Oilaviy poliklinikada deputatlar nazorati
📌 Yoshlar bandligi — doimiy e’tiborda

📌 Yoshlar bandligi — doimiy e’tiborda

Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Artikova Oybibi Sa’dullayevna o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash borasidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Deputat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.