Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo`yicha doimiy komissiya raisi o`rinbosari, 20-Oyim saylov okrugi deputati B.Bazarova hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha doimiy komissiya raisi, 10-Yangisor saylov okrugi deputati E.Qurbonovlar tashabbusi bilan fuqarolar uchun huquqiy qabul tashkil etildi. Mazkur qabul “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi Mohlaroy To`lqinova hamkorligida
o`tkazilib, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, murojaatlarini o`rganish va ularga qonuniy yechim topishga ko`maklashish maqsad qilindi.