O‘rganish jarayonida mahalla "yettiligi" tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, yoshlar bandligi, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va aholi daromad manbalarini shakllantirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bor shaxslar va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarning yashash sharoitlari bevosita xonadonlarga kirgan holda ko‘zdan kechirildi.
Mahallaning ichki yo‘llari, obodonlashtirish holati va aholi uchun yaratilgan maishiy sharoitlar ham deputat nazoratidan chetda qolmadi.Mmavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.