Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni doimiy komissiya raisi A.Kamolov olib bordi. Doimiy komissiya yigʻilishi kun tartibida 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan ishlar muhokama etildi va ish reja boʻyicha takliflar berildi.