Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida aholi murojaatlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Xastimom" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Prezident Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari tumandagi "Qoraqamish" dehqon bozorida mahsulotlarning narxlari va sifati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tomonidan hududda umumxashar tadbiri o'tkazildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining intellektual tayanchi
янв.21
Olmazor tumanidagi 20-sonli Oilaviy poliklinikada deputatlar nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani - Feruza Salomova ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet bosh psixologi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 36-sonli maktabiga tashrif buyurildi. Mazkur tashrif nafaqat xayriya va ko‘ngillilik ruhida, balki ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tadbir sifatida ham tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
Deputat mahallada

  Xotin-qizlar faolining ishi deputat nazoratida 

5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati M.Qurbonova mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rgandi.
 

O‘rganish markazida quyidagi muhim masalalar bo‘ldi: 

📈"Ayollar daftari": Ro‘yxatga olingan xotin-qizlarning muammolarini
hal etish darajasi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik
yordamlar holati.
 

🛠 Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini
ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi
amaliy ishlar.
 

🏠 Oilaviy muhit: Nizoli oilalar bilan ishlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.
 

"Mahalla xotin-qizlar faoli — ayollarning eng yaqin ko‘makchisi va himoyachisi bo‘lishi
kerak. Har bir ayolning murojaati e’tibordan chetda qolmasligi shart", —
dedi M.Qurbonova.