Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qomitasining a'zosi Ravshan Fozilov Abdulxayevich Olmazor tumaniga amaliy tashrif buyurdi.
янв.21
Yoshlar kuni doirasida hududdagi yoshlar obyektlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi Jumayev Nodir Xosiyatovich Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
Onkologik kasalliklar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Olmazor tumanida ta’lim rivoji - deputatlar e’tibor markazida
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMАZOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
8-Tabassum okrugida aholi bilan ochiq muloqot uchrashuvi
янв.21
Xalq vakili xalq orasida
MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashiga 5-“Yangi hayot” saylov okrugidan deputat V. Xasanov Yangi hayot mahallasida bo‘ldi.

Bir muddat oldin deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Bahoriston va Fazilat ko‘chalari aholisi tomonidan hududdagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani hamda ichimlik suvi quvurlarining nosoz holatda ekanligi yuzasidan murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Bugun deputat murojaat ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida muammo bartaraf etilgani ya`ni chiqindilarni olib ketish ishlari yo‘lga qo‘yilgani hamda suv quvurlari ta`mirlangani aniqlandi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud masalalarni tizimli hal etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish ishlari davom ettiriladi.