📚 “Har payshanba deputatlar faoliyati markazda”
(Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
🔷 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi raisi Qoriyev Odilxon Anazxonovich tomonidan har haftaning payshanba kuni “Deputatlar kuni” deb belgilangan.
🔷 Shu munosabat bilan barcha deputatlar ish faoliyatini Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyatidan boshladilar. Ular fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, saylov okruglaridagi muammolarni o‘rganish, nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish hamda deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyat bilan bajarishga alohida e’tibor qaratdilar.
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati