Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida “Yuqori Beshqorg'on” mahallasida ayollar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq bilan muloqot – deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari T. Bobomuratov va D. Raxmatullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar, Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov, shuningdek tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida Guruchariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
"Ziyo" mahallasida xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Olmazor tumani hududida joylashgan 63-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rganish doirasida mahalliy Kengash deputatlari tomonidan deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar asosida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati yuzasidan joyiga chiqib monitoring ishlari olib borildi. Quyida mazkur o‘rganish ishlari mazmunan boyitilgan holda keltiriladi:
янв.21
🕌O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati tuman hokimligiga deputatlik so'rovi yubordi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari I.Normurodova, T.Nazarov, D.Raxmatullayev kotibyat bosh mutahassisi B.Xoliqjonovalar tomonidan Olmazor tumani Xazrati Imom MFY hududida mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
“Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasidagi ishlar Olmazor tumanida davom etmoqda
Deputat — xalq dardi bilan yashayotgan vakil

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati tizimida vakillik va ijro hokimiyatini aniq ajratish, deputatlarning joylardagi roli va mas’uliyatini oshirish yo‘lida tashlangan qadamlar xalq hokimiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu hujjat deputatlarni xalq bilan yanada yaqinlashtirib, ularni aholi muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechimlar taklif etayotgan haqiqiy vakil sifatida namoyon etmoqda.

Xususan, Toyloq tumani Kengashi deputatlari mazkur qaror ijrosi doirasida mahallalarda bo‘lib, aholi murojaatlarini atroflicha o‘rgandilar. E’tiborli jihati shundaki, deputatlar faqat muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanib qolmasdan, ularni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli takliflar ishlab chiqdilar. Natijada 10 nafar deputat tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yechimi uchun amaliy choralar belgilandi.

Deputatlar tashabbusi tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, jami 400 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Har bir deputatga 25 million so‘mdan ajratilgan ushbu mablag‘lar mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilishi — deputatlik faoliyatining aniq natijasi sifatida e’tirof etishga arziydi.

Quvonarli tomoni, bu tajriba kelgusi choraklarda ham davom ettirilib, aholi murojaatlari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ajratilayotgan mablag‘lar hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va eng muhimi, odamlarning kundalik hayotidagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bugun deputat — faqat sessiyalarda qatnashuvchi shaxs emas, balki xalq dardini tinglaydigan, uning yechimi uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan haqiqiy vakilga aylanmoqda. Bu esa xalq vakillariga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borayotganini, deputatlik institutining obro‘-e’tibori oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Shubhasiz, bunday amaliy tashabbuslar joylarda xalq bilan muloqotni yanada kuchaytiradi va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilning hayotda o‘z ifodasini topayotganining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, Toyloq tuman Kengashi deputati.