Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati D.Raxmatullayev Olmazor tumani 16-sonli oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurdi.
янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv va yoshlar bilan kutubxonada muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsizlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tumanimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Usmonov tashabbusi va tuman korxona hamda tashkilotlar ko‘magida o‘zi saylangan okrugida umumxalq hashari tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati
янв.21
"Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori ostida hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi oldidan, doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi

Unga ko'ra Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalari, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari hamda Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi boʻyicha doimiy komissiyalarining qo'shma majlis yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda quyidagi masalalar dastlabki tarzda ko'rib chiqildi :

- Paxtakor tumanini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturini tasdiqlash to‘g‘risida. 

- Paxtakor tumanida 2025-yil davomida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida. 

- Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida budjet parametrlarini sifatli ijro etilishi, tuman mahalliy budjeti barqarorligini ta’minlash, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tuman hokimligiga tuman mahalliy budjetining joriy yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramini keng va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashni tashkil etish maqsadida bayram sovg‘alari va tashkiliy ishlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

- Tuman soliq inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, soliq qarzdorligini bartaraf etish hamda tizimni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida. 

- Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tumanda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanish maqsadida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

- Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamda doimiy komissiyalarining 2026-yil uchun ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Slide 1 of 9