Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘quvchilar bilan uchrashuv va yoshlar bilan kutubxonada muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Mahallada xavfsizlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tumanimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Usmonov tashabbusi va tuman korxona hamda tashkilotlar ko‘magida o‘zi saylangan okrugida umumxalq hashari tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Isteʼmolchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati
янв.21
"Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori ostida hashar o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvi
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam asos

Prezidentimizning 2025-yil 19 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu keng ko‘lamli tadbir aholining hayot darajasi, qishloq xo‘jaligi salohiyati va hududlarning real holatini aniq belgilashga xizmat qiladi. 

 

✔️Ro‘yxatga olish jarayonining samarali o‘tishida korxona va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan bir qatorda jamoatchilik vakillari va deputatlarning faol ishtiroki alohida ahamiyatga ega. Ularning tashabbuskorligi, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishi hamda hamkorlikda harakat qilishi ma’lumotlarning xolis va to‘liq yig‘ilishini ta’minlaydi. 

 

✔️Barchamizni ushbu muhim davlat ahamiyatiga ega jarayonda faol ishtirok etishga, mas’uliyat bilan yondashib, mamlakatimiz, tumanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida birlik muhim rol o‘ynaydi.

Nasiba Mo‘minova, O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, Toyloq tuman Kengashi deputati