Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari R.Fozilov va S.Ubaydullayeva Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi Jumayev Nodir Xosiyatovich Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi davolovchi markazni o‘rgandi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirdi
янв.21
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, shuningdek, tumandagi bir qator korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 20 ta dolzarb masala muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Jumladan, Sherobod tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Yakunda deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9