#deputatlik_faoliyati #deputatlik_nazorati
🏛Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev tumandagi “Darvishiq” mahallasida bo‘lib, mahalla “Yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mahalla faollari bilan uchrashib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldi.
Deputat o‘z navbatida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, joylardagi muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini bildirib o‘tdi.