Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Bog‘olon saylov okrugidan saylangan deputat Z.Xolmuratova tomonidan “Ochiq budjet” jarayonida g‘olib bo‘lgan Bog‘olon mahallasidagi Muazzam va Manzur ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Deputat tomonidan ushbu loyiha bo‘yicha bugungi kunda Muazzam va Manzur ko‘chalarida tosh yotqizish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.