🌟Xalq demokratik partiyasi Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman deputati Farhod Ibragimov 2-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, direktor Farida Ibragimova boshchiligida "Tarix" fanidan o‘tkazilgan tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 6-“V” sinf o‘quvchilarini tabrikladilar.
⚡️Tadbir davomida Farhod Ibragimov g‘olib o‘quvchilarning o‘z bilim va intilishlari bilan tengdoshlariga ibrat bo‘layotganini ta'kidladilar.
⚡️Shuningdek o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirib, kelajakdagi o‘qish va ijodiy faoliyatlarida omad tiladilar.
🌟Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirishga xizmat qiladi.