⚡️Bugun 2-«Xamza» saylov okrugidan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga saylangan deputat Asqar Baxramov tomonidan «Xamza» mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Azlarov Asrorning faoliyati, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida mahalla hududida aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy daromadlarni oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak berish yo‘nalishlaridagi natijalar tahlil qilindi.
⚡️Deputat Asqar Baxramov tomonidan hokim yordamchisi faoliyatida erishilgan ijobiy natijalar qayd etildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.