Saidobod mahallada korrupsiyaga qarshi kurash va jamoatchilik nazorati masalasi
muhokama qilindi
Saidobod MFY hudud deputati N. Ubaydullayeva mahalla yettiligi va kengash a’zolari bilan
yig‘ilish o‘tkazdi. Deputat o‘zaro muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni asosida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
takomillashtirish, ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha
tushunchalar berdi.
Yig‘ilishda ko‘chaboshilar bilan birgalikda to‘y va dafn marosimlarini qisqartirish,
ajrimlarni oldini olish hamda bu jarayonlarni jamoatchilik nazoratiga olish
masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, MFY raisi Q. Hamdamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son
qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizom bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Yig‘ilish davomida ushbu hujjatlarni mahalla hayotiga to‘g‘ri va samarali joriy etish
orqali aholi farovonligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.