Bekobod mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish ishlari o‘rganildi
5-Mo‘minobod saylov okrugidan deputat M. Qurbonova Bekobod MFY hokimi yordamchisi D.Hamidovaning faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Yil boshidan 25 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilgan. Mahalladagi 18 ta
kambag‘al oiladan 2 tasi daromadi oshib, ro‘yxatdan chiqarilgan. 15 nafar
ishsiz fuqaro tadbirkorlik o‘quvlarini tugatib sertifikat olgan, 18 nafari
Monomarkazlarda kasb-xunar o‘rgangan.
Mahallada ustoz–shogird an’anasi yo‘lga qo‘yilib, 1 subsidiya va 1 ssuda ajratilgan. 4 ta
kam ta’minlangan oilaga tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit
berilgan.