Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Xalqaro forumda mukofotlandi va Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi tashabbuslari E'tirof etildi
янв.21
“Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri”
янв.21
Atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
янв.21
Аtrof-muhit uchun ekologik texnologiyalar
янв.21
Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Tumandagi ijtimoiy soha faoliyati deputat nazotatida
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani 15-"Bo'stonobod" saylov okrugi deputati U.Fayziyeva "Gani Azamov" Mahalla fuqarolar yig`inlarida fuqarolar qabuli bo`lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Olmazor tumani Kengashi deputatlari Frangiza Akramova hamda Shaxnoza Umarxodjayeva bilan birgalikda Olmazor tumani 11-"Moyqo'rg'on" saylov okrugi hududidagi “G‘alaba” mahallasida kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha qo‘shma doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Deputatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganishlar o‘tkazdi:

Deputatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganishlar o‘tkazdi:

2025-yilning avgust–sentabr oylarida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tumandagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida bolajonlarning tarbiyalanishi, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan usullar, ovqatlanish sifati, gigiyenik talablar, shuningdek, bog‘chalarning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi. Mahalla aholisi va ota-onalar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va e’tirozlari ham inobatga olindi.

Deputatlar tomonidan ayrim muammolar ham qayd etildi. Jumladan, ba’zi bog‘chalarda isitish tizimlari va bolalar maydonchalari ta’mirtalab ekani, o‘quv-didaktik vositalar yangilanishi zarurligi, qo‘shimcha o‘rinlar yaratishga ehtiyoj borligi aniqlandi.

Uchrashuv yakunida deputatlar mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdilar.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — bolalarga yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish hamda maktabgacha ta’lim sifatini oshirishdir.

Slide 1 of 16