Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
янв.21
"Allon" MFY fuqarolari murojaatlari o'rganildi.
янв.21
“Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish yoki “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev mahallalarda sayyor qabul o'tkazdi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Olmazor tumanidagi "Nihol" MFY da mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
Bugun biz millatimiz tarixidagi faxrli sanalardan birini — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunini nishonlamoqdamiz.

Bugun biz millatimiz tarixidagi faxrli sanalardan birini — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunini nishonlamoqdamiz.

    1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan bu muqaddas ramz xalqimizning ozodlik, birlik va mustaqillik yo‘lidagi intilishlarining ifodasiga aylandi.

 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun — xalqimiz uchun eng muhim va eng aziz bayramlardan biri bilan samimiy muborakbod etaman!

 Bayrog‘imiz — bu faqat davlat suverenitetining ramzi emas. U bizning shonli tariximiz, mustaqilligimiz, yuksak intilishlarimiz va yorug‘ kelajagimizning ifodasidir. Uning ranglarida tinchliksevarlik, pok niyatlar, bunyodkorlik, tabiatga uyg‘unlik, hayotiy qudrat shuningdek, o‘zbek xalqining boy tarixi, ko‘p asrlik an’analari va ma’naviy qadriyatlari mujassam.

Davlat bayrog‘imiz har doim birdamlikka, bunyodkorlikka va yurtimiz ravnaqiga ilhom bersin!

Bayram muborak! 

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi jamoasi