Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari R.Fozilov va S.Ubaydullayeva Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi Jumayev Nodir Xosiyatovich Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati ishtirokida 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha axborot berildi va “mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi davolovchi markazni o‘rgandi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirdi
янв.21
Deputat tomonidan ta’lim sohasidagi murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Hazrati imom" mahallasida turistik 24/7 ko‘cha bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!
янв.21
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova hamda tuman Kengash deputati Umida Fayziyevalar Olmazor tumanidagi 476-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi.
Kengash_faoliyati

Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini 2025 yil 12-14 noyabr kunlarida OAV da keng yoritish bo‘yicha MEDIA-REJA ijrosini ta’minlash maqsadida bugun xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari N.Allamuratova va A.Pardayev, B.Yo'ldoshev, X.Abdimo'minovlar tumandagi “Bektepa” va “Obod yurt” mahallalaridagi yoshlar yetakchisi D.Xayitmurodov va H.Bekboyevning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan Bektepa mahallasi yoshlar jami 1208 ta yoshro‘yxatga olingan shundan “Yashil” toifadagi yoshlar 1056 ta, “Sariq” toifadagi yoshlar 135 tani, “Qizil” toifadagi 17 tani tashkil etadi.

Bugungi kun holatiga “Yoshlar daftari” elektron platformasiga band bo‘lmagan va muammosi bor 9-nafar yoshlar kiritilib, olib borilgan ishlar natijasida shundan 8-nafariga yordam turlari ko‘rsatildi. 5-nafarikontrakt to'lovi, 1 nafari kredit 2 nafariga o'quv kurs xarajati qoplash orqali elektron platformadan chiqarildi.

Obod yurt mahallasi yoshlar jami 1071 ta yoshro‘yxatga olingan shundan “Yashil” toifadagi yoshlar 472 ta, “Sariq” toifadagi yoshlar 594 tani, “Qizil” toifadagi 14 tani tashkil etadi.

Bugungi kun holatiga “Yoshlar daftari” elektron platformasiga band bo‘lmagan va muammosi bor 3-nafar yoshlar kiritilib, olib borilgan ishlar natijasida shundan 3-nafariga yordam turlari ko‘rsatildi.. 1-SCHR to'lovi, 2 nafari kredit ajratish orqali elektron platformadan chiqarildi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan yoshlarning tashabbuslari juda muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va qulay sharoitlardan samarali foydalanish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar yakunida deputatlar har bir yoshning muammo va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida individual chora-tadbirlar belgilab olish takidlandi.

Slide 1 of 6