Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyatiga murojaat qilgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i Ostonov Abduraufning zudlik bilan operatsiya qilinishi zarurligi hamda mazkur masala avvalroq DMED tizimiga kiritilgan bo‘lsa-da, hal etilmay qolganligi yuzasidan murojaati tegishli tartibda o‘rganildi.
Murojaat yuzasidan tuman tibbiyot bo‘limi bilan bog‘lanilib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy yechim topishi ta’minlandi.