"Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida shahrimizning har bir mahallasida tozalik va obodlikni ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, "Olmaliqovul" mahallasida amalga oshirilayotgan amaliy jarayonlar va obodonlashtirish holati yaqindan o‘rganildi.
Jarayonda hudud deputati Nargiza Atakulovaning Kotibiyatdan biriktirilgan vakillari hamda 12-okrug deputati — Zuhra Pulatova va 2-okrug deputati Abdujabbor Djurayevlar ishtirok etishdi.
Deputatlar mahalla hududini ko‘zdan kechirib, amalga oshirilgan tozalash, daraxtlarga shakl berish va hududlarni tartibga keltirish ishlarini bevosita nazorat qilishdi.
Eslatib o‘tamiz: Bu kabi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari shahrimizning barcha hududlarida izchil davom etmoqda hamda xalq deputatlarining doimiy nazoratida bo‘lib turibdi.
Olmaliqimiz sofligi va go‘zalligi — barchamizning birgalikdagi mas'uliyatimizdir!